Bu tashabbus ekologik barqarorlikni ta’minlash, "yashil" texnologiyalarni joriy etish, suv resurslarini tejash, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan.
Yil doirasida ko‘plab ekologik loyihalar va tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, jumladan:
🔵"Yashil makon" loyihasi doirasida daraxt ekish va ko‘kalamzorlar yaratish;
🔵Chiqindilarni qayta ishlash masalalarini hal etish;
🔵Orolbo‘yi hududidagi ekologik muammolarni yumshatish chora-tadbirlari.
Bu tashabbus mamlakatning ekologik barqarorlikka bo‘lgan intilishini yanada kuchaytiradi.
📌 Eslatib o‘tamiz, 2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingan.