29-aprel – Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni etib belgilandi

29-aprel kuni BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan 29-aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu sana 1966 yilda Toshkent shahrida sodir bo‘lgan vayronkor zilzilaning 60 yilligi munosabati bilan belgilandi.

Rezolyutsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining zilzila qurbonlariga hurmat ko‘rsatish va bu borada xalqaro hamkorlik zarurligini eslatish maqsadida xotira va birdamlik kunini ta’sis etish to‘g‘risidagi tashabbusiga asoslangan.

Ushbu rezolyutsiya BMTga a’zo davlatlar, BMT tizimidagi muassasalar va boshqa xalqaro tashkilotlarni Xalqaro kunni nishonlashga, xususan, aholini xabardorligini oshirish, favqulodda vaziyatlarga chidamlilik va tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan axborot-targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish orqali ko‘maklashishga chaqiradi.

Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni ilk bor 2026-yil 29-aprel kuni nishonlanadi. Bu sana 1966-yilda Toshkent shahrida sodir bo‘lgan vayronkor zilzilaning 60 yilligi munosabati bilan belgilandi.

Ushbu tashabbus O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlashda muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Dunyoning turli burchaklarida zilzilalar tez-tez sodir bo‘layotgan sharoitda ushbu tashabbusning dolzarbligi alohida ta’kidlanmoqda.

Shuningdek, bu tashabbus favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar bilan amaliy hamkorlikni kuchaytirish zarurligiga alohida e’tibor qaratilganini ko‘rsatadi.

Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni insoniyatni zilzila xavfi va uning oldini olish choralari haqida o‘ylashga undaydi. Bu kun zilzila qurbonlarini yodga olish, ularning xotirasini hurmat qilish va kelajakda bunday fojialarning oldini olish uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligini eslatadi.

O‘zbekistonning ushbu tashabbusi global miqyosda zilzila xavfi va uning oldini olish choralari haqida xabardorlikni oshirishga xizmat qiladi. Bu esa insoniyatni bunday tabiiy ofatlarga tayyorlash va ularning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirishga yordam beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish