Bu tadbirda federatsiya prezidentligi uchun saylovlar, qilichbozlik sportining xalqaro miqyosdagi rivojlanishi, o‘tgan yillardagi musobaqalarning yutuq va kamchiliklari ko‘rib chiqiladi.
Hozirda FIE prezidenti lavozimida Manolis Katsiadakis ishlamoqda, ammo 2022 yil mart oyida sanksiyalar tufayli o‘z vakolatlarini to‘xtatgan Alisher Usmonov eng asosiy daʼvogar hisoblanadi. A.Usmonov nomzodini Rossiya, Belarus, Serbiya va Xitoy qatori 103 mamlakatning milliy federatsiyalari qo‘llab-quvvatlagan.
📢 Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov 2008-2022 yillar oralig‘ida Federatsiyaga rahbarlik qilgan.
#Qilichbozlik #FIE #Toshkent2024 #XalqaroSport