O'zbekistonning investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot

Shanxay shahrida O'zbekistonning investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot tadbiri bo'lib o'tdi

Anjumanda O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi munosabatlar va ularning bugungi rivojlanish sur'ati ikki mamlakat uchun yangi imkoniyatlar ochib berayotgani muhokama qilindi. Ishtirokchilarga O'zbekistondagi turizm sohasidagi yangiliklar, jumladan vizasiz kirish tizimi va to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlar haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, Xitoydan O'zbekistonga turistlar oqimi yil sayin oshib borayotgani ta'kidlandi.

Ushbu tadbir O'zbekiston Bosh konsulxonasi, Xitoy Xalqaro savdoga ko'maklashish kengashi Shanxay shahri Pudun tumani qo'mitasi va xalqaro savdo palatasi tomonidan tashkil etildi. Tadbirga Shanxaydagi savdo-sanoat birlashmalari, ishlab chiqarish va sayyohlik kompaniyalari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdilar.

Tadbir davomida Shanxay vakillari tomonidan taqdimotlar va videoroliklar namoyish etildi, bu esa kelajakda O'zbekiston bilan sayohat va hamkorlik qilish bo'yicha rejalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu tashabbus ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish