AQSHning Vandenberg bazasidan muvaffaqiyatli uchirilgan “Fergani” sunʼiy yo‘ldoshi, "Fergani Space" kompaniyasining innovatsiyalari va oliy texnologiyalarini namoyish etdi. Ushbu yo‘ldosh “SpaceX”ning "Falcon 9" raketa-tashuvchisi orqali “Transporter-12” missiyasi doirasida kosmosga yuborildi.
“FGN-100-d1” modelidagi bu birinchi yo‘ldosh 131 ta foydali yuk bilan birga, onlayn parvoz translyatsiyasi vositalari, mikrosunʼiy yo‘ldoshlar va orbitadagi transport vositalari bilan kosmosga yo‘l oldi.
"Fergani Space" kompaniyasi o‘zining kosmik transport va past orbitali yo‘ldosh xizmatlari bo‘yicha innovativ va iqtisodiy jihatdan samarali yechimlarni taklif etishga intilmoqda.