"Axborot" so‘zi arab tilidan olingan bo‘lsa-da, unda xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Bu so‘z "xabar" so‘zining arab tilidagi ildizidan kelib chiqqan. Arab tilida uning ko‘plik shakli "axbor" bo‘ladi. Biz esa bunga arab tilidagi ko‘plik qo‘shimchasi "-ot"ni qo‘shib, uslubiy xato qilganmiz.
Bundan tashqari, ba'zan "axborotlar" degan so‘zni ishlatamiz, bu esa aslida bir so‘zni uch marta ko‘plikka olib chiqish demakdir.