BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP29 konferensiyasi Bokuda bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya qatnashmoqda.


T. Narbayeva o‘z nutqida O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishlariga moslashish bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar va Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqaro tashabbuslarini taʼkidladi. Jumladan, MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib “yashil” obligatsiyalar chiqarilishi va dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan davlatlar uchun BMT agrosanoat xabini yaratish taklifi ilgari surildi. Forumda iqlim muammolarini hal qilishda parlamentlararo hamkorlik va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish zarurligi qayd etildi. 


Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi boshchiligidagi delegatsiya Boku shahrida oʻtayotgan COP29 sammitidagi Oʻzbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi. Pavilyonda anʼanaviy barqaror rivojlanish qadriyatlari va ekologik muammolarni hal qilishga zamonaviy yondashuvlar uygʻunligi namoyish etildi. Xususan, Orolboʻyi mintaqasini tiklashga qaratilgan tashabbuslar, "yashil" oʻrmonlar barpo etish va mahalliy aholi turmush darajasini oshirish kabi dasturlar taqdim etildi.


COP29 kabi xalqaro platformalar global ekologik muammolarni hal etishda jahon hamjamiyatining saʼy-harakatlarini birlashtirishda muhim rol oʻynaydi.


🇺🇳 O‘zbekiston global ekologik barqarorlik yo‘lida faol tashabbuslar bilan chiqmoqda. 


#COP29 #Ekologiya #BarqarorRivojlanish


Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish