“Familiya” yoki “Sharif”? Nima uchun noto‘g‘ri tushunilmoqda?

Ayrim hujjatlarda “familiya” so‘zi o‘rniga “sharif” so‘ziga duch kelishimiz mumkin.


📜 “Sharif” so‘zining asli maʼnosi Arab tilidagi "ismi sharif" birikmasi "qutlug‘ ism" yoki "hurmatli nom" degan maʼnoni anglatadi. Bu moʻtabar va hurmatli murojaat sifatida qo‘llanadi.


Lekin vaqt o‘tishi bilan kimdir "ismi sharifingiz nima?" savolini noto‘g‘ri tushunib, "ism-familiyaingiz nima?" deb qabul qilgan bo‘lishi mumkin. Shu sababli “sharif” so‘zi “familiya” o‘rnida noto‘g‘ri qo‘llanila boshlagan.


❗️“Sharif” so‘zini familiya sifatida qo‘llash maʼno jihatidan ham, lingvistik jihatdan ham to‘g‘ri emas. Uning asli hurmat bilan murojaat qilish uchun ishlatiladi, familiyani anglatmaydi.


#Bilasizmi

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish