Buxoro viloyati Gijduvon tumanida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning sayyor majlisi tashkil etildi.
Statistikaga nazar:
2025 yilning birinchi choragida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 19,5% kamaygan. Bu ijobiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ammo baʼzi tuman va shaharlarda bu ko‘rsatkich hali ham yuqori:
-Buxoro shahri – har 100 ming aholiga 32 ta
-Kogon tumani – 22 ta
-Qorovulbozor – 20 ta
-Gijduvon – 15 ta
Jinoyatlarning turlari: 272 ta jinoyatning 1/3 qismi – o‘g‘irlik, 1/6 qismi – firibgarlik, 1/8 qismi – tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq.
Jinoyatchilikning asosiy sabablari sifatida shunday omillar ko‘rsatildi:
- shaxsiy agressiya,
- ijtimoiy muammolar,
- ruhiy bosimlar.
Muammolar va yechimlar:
Jinoyatlarning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda mahalliy hokimiyat, huquqni muhofaza qilish organlari, fuqarolik jamiyati va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash kerakligi qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash sohasida korrupsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yetarli emasligi tan olindi. Ayniqsa, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va “Jamoat sog‘liqni saqlash axborot tizimi” (DMED)ni to‘liq joriy etishda masʼullar masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ymoqda.
Axolining huquqiy savodxonligini oshirish, kiberxavfsizlikni kuchaytirish va yoshlarga ko‘mak berish – bu masalalar ham alohida eʼtibor markazida bo‘ldi.
⚠️ Javobgarlik va intizom:
Yig‘ilish yakunida ishga loqayd yondoshgan rahbarlar bo‘yicha qatʼiy choralar belgilandi. Xususan:
- maktabgacha va maktab taʼlimi,
- sog‘liqni saqlash,
- ekologiya va tabiatni muhofaza qilish,
- madaniyat,
- pensiya,
- obodonlashtirish,
- kadastr va bank sohalaridagi ayrim rahbarlar hamda hokim o‘rinbosarlari lavozimdan ozod etilishi mumkinligi aytildi.
Jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi samarali kurash faqatgina jazo bilan emas, balki aholining huquqiy ongini oshirish, muammolarning ildiziga yetib borish va tizimli yechimlar bilan amalga oshadi. Milliy kengashning bu kabi sayyor yig‘ilishi – hududlardagi haqiqiy holatni o‘rganib, tegishli organlar va rahbarlarning masʼuliyatini oshirishda muhim qadam hisoblanadi.