Joriy yilning 21-22-noyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi (PA) Kengashining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Ushbu tadbir MDH mamlakatlari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, qonunchilik sohasida tajriba almashish hamda yangi tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim platforma hisoblanadi.
Sessiya davomida MDH davlatlari PA xalqaro kuzatuvchilarining saylov jarayonlarini monitoring qilishdagi ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
#senat #MDH