"Xorazm" atamasi haqida

Insoniyat sivilizatsiyasiga o‘ziga xos hissa qo‘shgan bir voha nomi — Xorazm atamasining kelib chiqishi borasida turli talqinlar mavjud. Akademik S.P.Tolstov yozganidek, «milodning X asriga kelib, bu so‘zning maʼnosini xorazmliklarning o‘zlari ham unutib yuborganlar».


Tadqiqotchilar Xorazm nomini turlicha izohlashgan: Klippert va Lerx uni «pasttekislik yer» deb talqin qilsa, Byurnuf, Zaxau va Geyger «unumdor yer», Yusti va Shpigel esa «yomon, unumsiz yer» deb hisoblashgan. Savelyev esa uni «Quyosh o‘lkasi» deb taʼriflaydi.


📌Maʼlumotlarga ko‘ra, fors tilida Xur va Xurshid quyosh maʼnosini bildiradi, bu so‘z turli manbalarda turlicha talaffuzda aytilgan.


Bundan tashqari mazkur so‘z turli manbalarda turlicha talaffuzda aytilganiga ham eʼtibor qaratmoq kerak. Misol uchun, arab manbalarida Xvarizm, yangi eraning VII asri boshlaridagi Xorazm tangalarida Xvrizm, qadimgi forschada esa Uvarazmis, bobilchada Xumarizma, elamchada Marazmis, “Avesto”da Qayrizao, yunonchada Xoraspiya, lotinchada Xorasmiya tarzida keltiriladi.


#Xorazm #tarix #qadimiy_sivilizatsiya

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish