Global muloqot markazida: O‘zbekiston ijtimoiy himoya bo‘yicha ilg‘or tajriba bilan qatnashadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatarda bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi Jahon ijtimoiy rivojlanish Sammitida ishtirok etadi. 

Sammit doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi “O‘zbekiston — ochiq eshiklar mamlakati” nomli milliy ko‘rgazma stendni taqdim etadi.

Bu yirik interfaol ekspozitsiya bo‘lib, unda so‘nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kabi sohalarda amalga oshirilgan islohotlar va 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni yagona oynada jamlagan tizimning imkoniyatlari namoyish etmoqda.

Shuningdek, Agentlik bir qator mamlakatlar ishtirokida xalqaro maxsus tadbirni tashkil etadi. Ushbu maydonda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ko‘mak bo‘yicha global chaqiriqlar, ilg‘or yechimlar, shuningdek, O‘zbekistonning inklyuziv va adolatli ijtimoiy himoya tizimi bo‘yicha tajribasi muhokama qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish