2024 yilda Oʻzbekistonning Muruntau va Olmaliq oltin konlari dunyoning eng yirik 5 ta oltin koni qatoriga kirdi. Muruntov koni 2024-yilda 2,7 million unsiya, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati esa 1,1 million unsiya oltin ishlab chiqargan. Bu natija bilan mazkur konlar jahon boʻyicha eng koʻp oltin qazib olinuvchi konlar roʻyxatida mos ravishda ikkinchi va beshinchi oʻrinni egalladi.
Navoiy viloyatida joylashgan Muruntau koni nafaqat Oʻzbekiston, balki butun dunyo miqyosida eng yirik ochiq konlardan biri hisoblanadi. 1960 yillarda ishga tushgan bu kon 2024 yilda 2,7 million (2,68) unsiya oltin ishlab chiqardi. Bu hajm dunyo miqyosida AQShdagi Nevada Gold Mines koni bilan deyarli teng.
Uchinchi oʻrinda Indoneziyaning Grasberg koni joylashgan. 1980 yillarda kashf etilgan bu kon 2024 yilda 1,9 million unsiya oltin ishlab chiqargan. Keyingi oʻrinni esa Rossiyaning Olimpiada koni egallab, 1,4 million unsiya oltin ishlab chiqargan. Ushbu kon 1975 yilda topilgan boʻlib, hanuz mamlakatdagi eng yirik qazib olish markazlaridan biri hisoblanadi.
Oʻzbekistonning ikkinchi yirik oltin manbasi — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati esa 2024 yilda 1,1 million unsiya oltin ishlab chiqargan. Bu koʻrsatkich bilan mazkur kon dunyoning eng yirik besh koni qatoriga kirdi.