Strategik rejalashtirish sohasida boshqaruv tizimi takomillashtiriladi

Prezident Farmoniga ko‘ra, quyidagilar qayta tashkil etiladi:

Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash etib;

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi etib;

Strategik islohotlar agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi etib.

Muvofiqlashtiruvchi kengash vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan idoralararo kollegial organ hisoblanadi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash 1- va 2-darajali strategik rejalashtirish hujjatlari (konsepsiyalar va strategiyalar) loyihalarini ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish