9-yanvar kuni Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi majlisi o‘tkazildi.

Unga senatorlar, mahalliy Kengashlar aʼzolari, Yoshlar parlamenti vakillari, ekspertlar va OAV xodimlari ishtirok etdi.

1️⃣ “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni taʼsis etilmoqda.  

Bu unvon ekologiya va atrof-muhitni asrab-avaylash, bioxilmaxillikni saqlash kabi sohalarda muhim natijalarga erishgan shaxslar uchun mo‘ljallangan. 

 2️⃣ Chiqindilarni to‘plash va olib chiqish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonun loyihalari muhokama qilindi. 

Bu orqali qarzdorlikni bartaraf etishda xabarnomalar va to‘lovlarni cheklash usullari joriy qilinadi. 

3️⃣ Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi. 

Bu seminar doimiy komissiyalarning samarali faoliyatini ta’minlash, qonunchilikdagi yangiliklar haqida bilimlarni oshirishga qaratilgan. 

#Ekologiya #QonunYangiliklari

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish