O‘zbekiston Prezidenti Fransiya delegatsiyasini qabul qildi

27.11.2025 20:00
1843

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Transkaspiy transport yo‘lagi bo‘yicha investorlar forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Fransiya transport vaziri Filipp Tabaroni bilan uchrashdi.

 

Uchrashuv boshida Filipp Tabaroni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning samimiy salomi va ezgu tilaklarini davlat rahbariga yetkazdi.

 

Muloqot chog‘ida joriy yil mart oyida Parijga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, xususan transport-logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.

 

Shuningdek, fuqarolik aviatsiyasi yo‘nalishida aloqalarni rivojlantirish, transport sohasida malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Bu borada yaqinda tashkil etilgan O‘zbekiston–Fransiya universitetining imkoniyatlaridan keng foydalanish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish