O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Toshkentda uchrashdi

14.11.2025 17:00
3163

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bugun Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Davlat rahbarlarini “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida suhbat kutib oldi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Rasmiy tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Prezidentlar ishtirokida oliy darajadagi muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

 

Sammit yakunida yirik qo‘shma loyihalarning ishga tushirilishi hamda bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish