Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” shaxmat musobaqasi g‘oliblarini tabrikladi.
Bu yilgi to‘rtinchi turnirda 2210 nafar shaxmatchi ishtirok etdi, ularning 286 nafari ayollar va qizlar edi.
“Biz g‘oyalarimizga ishonchsizlik bildirilgan davrdan tortib, xalqaro e’tirofga erishish va shaxmatchilarimiz bilan faxrlanishgacha bo‘lgan yo‘lni birgalikda bosib o‘tdik. Ayniqsa, qizlarimizning g‘alabalari meni nihoyatda quvontiradi. Barcha ishtirokchilarga omad tilayman — eng muhimi, o‘zlariga ishonishsin!” — deb yozdi Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.