Bugun, 10-aprel, o‘zbek adabiyotining ulug‘ namoyandasi, yozuvchi va dramaturg Abdulla Qodiriyning tavallud topgan kunidir. 1894-yilning aynan shu sanasida Toshkent shahrida dunyoga kelgan adib, o‘zbek romanchiligining asoschisi sifatida tanilgan.
Bolaligi va ta'limi
Abdulla Qodiriy bog‘bon oilasida tug‘ilib, dastlab musulmon maktabida (1904–1906), so‘ng rus-tuzem maktabida (1908–1912) tahsil oldi. Keyinchalik Abulqosim shayx madrasasida (1916–1917) o‘qidi va Moskvadagi adabiyot kursida (1925–1926) bilim oldi. U yoshligidan arab, fors va rus tillarini o‘rganib, jahon adabiyotiga katta qiziqish bilan yondashdi.
Ijodi va asarlari
Abdulla Qodiriy o‘zining ijodiy faoliyatini 1914-yilda "Sadoi Turkiston" gazetasida boshlangan. Uning "Baxtsiz kuyov" (1915) dramasi va "Juvonboz" (1915) hikoyasi o‘sha davrda e’tiborga sazovor bo‘lgan. Adibning eng mashhur asarlari orasida "O‘tkan kunlar" (1926) va "Mehrobdan chayon" (1929) romanlari alohida o‘rin tutadi. Bu asarlar o‘zbek adabiyotida tarixiy roman janrining asosini qo‘ydi va millatning o‘zligini anglashida muhim rol o‘ynadi.
Abdulla Qodiriy 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda vafot etdi. Bugungi kunda uning nomi O‘zbekiston madaniyati va adabiyotining ramziga aylangan. Adibning asarlari xalqimizning ma’naviy merosi sifatida o‘rganilib, yangi avlodlarga yetkazilmoqda.
Abdulla Qodiriyning boy adabiy merosi o‘zbek xalqining ma’naviy boyligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Uning asarlari millatimizning o‘zligini anglash, tarixiy xotirani saqlash va kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyatga ega.