Senat Raisi Jenevada davlat tilida nutq so'zladi

21.10.2025 12:08
96

Parlamentlararo ittifoq 151-assambleyasining “Inqiroz sharoitida insonparvarlik meʼyorlariga rioya qilish va insonparvarlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi yalpi majlisida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi ishtirok etdi.

Senat Raisi o‘z nutqida dunyoda davom etayotgan mojarolar, inqirozlar va gumanitar tahdidlar millionlab odamlarning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta'kidladi.

Assambleyada O‘zbekistonning insonparvarlik sohasidagi tashabbuslari ham taqdim etildi. Ma’lum qilinishicha, hozirda dunyoda 120 dan ortiq qurolli to‘qnashuvlar mavjud bo‘lib, 310 millionga yaqin insonlar gumanitar yordamga muhtoj.

O‘zbekiston notinch mintaqalardagi aholiga uy-joy, tibbiy xizmat va ijtimoiy yordam ko‘rsatish orqali insonparvarlik harakatlarida faol ishtirok etmoqda. Bu mamlakatning xalqaro hamjihatlik va insonparvarlik tamoyillariga sodiqligini ko‘rsatadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish