Buyuk Xon iste’dodli odamlarni, ularning mahorati va tajribasini qadrlardi.
1201 yilgi raqib Tayjigud qabilasiga qarshi jangda Chingizxonning otiga o‘q tegib, joyida o‘ladi, buyuk xon esa ot ostida qolib, mo‘jiza bilan omon qoladi. Jangda Chingizxon g‘alaba qiladi va asir tushgan mahbuslardan otini o‘ldirgan o‘qni kim otganini tan olishni talab qiladi.
Shunda bir askar O‘LIMNI BO‘YNIGA OLIB, «Buni men qildim!» deydi.
Chingizxon kamonchining jasoratidan ta’sirlanib, uni o‘ziga xizmat qilishga taklif etadi. Askar rozi bo'ladi.
Chingizxon unga keyinchalik jangdagi birinchi uchrashuvi sharafiga "Jebey" (jip – ip, yey - yoy, o‘q) laqabini beradi.
Chingizxonning mashhur qo‘mondonlari Subudoy (su – suv, budoy - bug‘doy) bilan birga Jebey mo‘g‘ul turklarining Osiyo va Yevropadagi istilolari paytida eng buyuk sarkardalarga aylanadi.
Muhimi, Chingizxonning o‘zi kabi uning eng yaqin va eng buyuk ikki sarkardasi ham turkiy ekanini hech kim inkor etolmaydi!
Manba: BUYUK TURKIYLAR TARIXI