Endilikda “O‘zbekkosmos” agentligi daraxtzorlarning noqonuniy kesilishini kosmik monitoring qiladi.
Bu bo‘yicha Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan agentlik geologiya, yer munosabatlari va ekologiya sohalaridagi noqonuniy holatlarni aniqlash bo‘yicha yiliga 3 marta davlat kosmik monitoringi o‘tkazadi.
Shuningdek, 2026-yildan boshlab har yil yakuniga qadar respublika bo‘yicha daraxtzorlarning noqonuniy kesilishini kosmik monitoring qilinadi.
Qolaversa, 2026-yildan sinov tariqasida Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari holati aerokosmik monitoringdan o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, Surxondaryo viloyatida quyosh panellarini joylashtirish va yuqori samaradorlikka erishish imkoniyati mavjud bo‘lgan maydonlar aniqlanadi.
Transport sohasida esa Toshkent–Angren yo‘nalishidagi temir yo‘lda aerokosmik monitoring amalga oshiriladi.