Mo'g'ullar imperiyasi tarixi

Moʻgʻullar tarixi oʻzining boyligi va murakkabligi bilan ajralib turadi. Ular XIII asrda Chingizxon boshchiligida dunyoning eng yirik imperiyalaridan birini barpo etganlar. Moʻgʻullar imperiyasi Sharqiy Yevropadan Osiyoning keng hududlarigacha choʻzilgan boʻlib, koʻplab xalqlar va madaniyatlarni oʻz ichiga olgan.


Mo'g'ullar davlati nomining kelib chiqishi


Nux Alayhissalom o'g'li Yofas Ibn Nuxning farzandi Turkning birinchi farzandi Mo'g'ulxon sharafiga Chingizxon o'zi barpo etgan davlatga "Mo'g'ullar davlati" deya nom bergan. Bu Chingizxon kelib chiqishi turkiy ekanligini yaqqol misoli.


Mo'g'ul millati tarixda mavjud bo'lmagan. XIII-asrda Yevrosiyo cho'llarida barcha turklar bo'lgan, shu jumladan Chingizxon ham, va ular har xil qabilalarga bo'linganlar. Keyinchalik, ularning barchasini yagona davlat ostida yig'ib, Chingizxon bu davlatni shartli "Mo'g'ullar davlati" deb atagan.


Chingizxon va imperiyaning yuksalishi


Chingizxon, asl ismi Temuchin, 1162-yilda tugʻilgan. 1206-yilning bahorida Mugʻulistondagi Onon daryosi irmoqlaridan birining sohilida oʻz hokimiyatining toʻliq mustahkamlab olgan Temuchin mugʻullarning umum qurultoyini chaqiradi. Temuchinning tarafdorlari – mugʻul zodagonlari toʻplangan bu qurultoyda u oliy mugʻul hukmdori – xon deb tantanali eʼlon qilinadi va davlatning bosh shamani Teb Tangriy unga “Chingizxon” degan faxriy nom beradi (“Chingizxon” – kuchli, buyuk degan maʼnoni anglatadi). Uning rahbarligi ostida moʻgʻullar Xitoy, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Sharqiy Yevropaga kengayib, tarixdagi eng katta quruqlik imperiyasini yaratdilar. 


Harbiy strategiya va muvaffaqiyatlar


Moʻgʻullar oʻzlarining harbiy mahorati va strategik yondashuvlari bilan tanilgan. Ular tezkor otliq qoʻshinlari va samarali qamal usullari bilan raqiblarini magʻlub etganlar. Masalan, 1214-yilda Jin sulolasining poytaxti Chjunduni (hozirgi Pekin) zabt etishlari bunga misol boʻla oladi. 


Eng hayratlanarlisi Chingizxonning turli dinlarga nisbatan bag'rikengligi edi. O'zi animist bo'lgan Chingizxon o'lponni vaqtida to'lash sharti bilan diniy so'z erkinligiga ruxsat bergan. Bu bag‘rikenglik siyosati bosqinchilikdan qo‘rqish bilan birga Mo‘g‘ul imperiyasi vassallari o‘rtasidagi qarshilikni susaytirdi.


Madaniy taʼsir va savdo yoʻllari


Moʻgʻullar imperiyasi davrida Ipak yoʻli orqali savdo rivojlangan. Ular turli dinlarga bagʻrikenglik koʻrsatib, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishiga hissa qoʻshganlar. Bu davrda turli xalqlar oʻrtasida madaniy almashinuv kuchaygan.

Moʻgʻullar Oʻrta Osiyoga ham katta taʼsir koʻrsatganlar. Ular bu hududni zabt etib, oʻz boshqaruv tizimini joriy qilganlar. Bu davrda Oʻrta Osiyoda koʻplab shaharlar va madaniy yodgorliklar barpo etilgan. 


Imperiyaning parchalanishi


1227-yilda Chingizxon vafotidan soʻng Moʻgʻullar imperiyasi uning toʻrt oʻgʻli, keyinroq ularning oʻgʻillari oʻrtasida boʻlingan toʻrt xonlikka boʻlingan. XIII asrning ikkinchi yarmida Moʻgʻullar imperiyasi ichki nizolar va hududiy boʻlinishlar tufayli zaiflashadi. 1266-yilda imperiya bir necha mustaqil davlatlarga boʻlinib ketdi. Shunga qaramay, moʻgʻullar madaniy va tarixiy merosi bugungi kunda ham koʻplab xalqlar hayotida aks etadi.


Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish