O‘zbeklarning bugungi qiyofasi shakllanishi qanday yuz bergan?

O'zbek etnonimi nisbatan yosh bo'lgani bilan, bu xalq yaqinda paydo bo'lgan degani emas. Sovet tarixshunosligida qadimdan O‘zbekiston hududida eroniyzabon qabilalar yashab kelgan, ularning turkiylashuvi milodiy VI asrda boshlangan, degan noto‘g‘ri tushuncha ildiz otgan. 


Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda olimlar tomonidan olib borilgan yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu yerda turkiy qabilalar bizning eramizdan ancha oldin yashagan. O‘zbek millatining shakllanishida asosiy ikkita xalqning qiyofasi bor: biri qadimiy eroniy, sug‘diy, xorazmiy, baqtariy bo‘lsa, ikkinchisi turkiy o‘g‘uzlar. Uchinchisi bo‘lib mo‘g‘ullar, arablar, forslar kirib kelgan. 


O‘zFA akademigi Ahmadali Asqarov izlanishlariga ko'ra hozirgi o‘zbeklarning tashqi ko‘rinishi shakllanish tarixini 3 bosqichga bo‘linadi. Birinchisi o‘g‘uzlar ta’siri bo‘lib, ular miloddan avvalgi 2-mingyillikning o‘rtalarida paydo bo‘lib, Markaziy Osiyoga bronza davrida kirib kelgan. O‘g‘uzlar deb umuman mo‘g‘uliy qiyofa aralashmagan sof yevropeoid tipida bo‘lganlarga aytiladi. 


Keyingi bosqich VI-asrlarda qarluq va chigillarning kirib kelish davri hisoblanadi. Ular VI—VII-asrlarda Oltoyning g‘arbiy qismida, Chorish daryosi (Ob daryosi o‘zanlaridan biri) havzasida, Irtish daryosining quyi oqimi bo‘ylarida, Tarbag‘atoyda hamda Jung‘oriyagacha bo‘lgan katta hududda yashaganlar. Bu paytda ular ham mo‘g‘uliy qiyofaga kira boshlagandilar. Uchinchi bosqich XI-XII-asrlarda Chingizxon bosqini davrida qipchoqlarning kirib kelishi bo‘ldi. Ular ko‘proq mo‘g‘ullarga o‘xshagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish