Shaharni boshqacha his qilmoqchimisiz❓
Odatdagi ekskursiyalardan farqli ravishda, bu spektakl sizni Toshkentning yuragi va sirli burchaklariga olib boradi.
Ishtirokchilar quloqchinlarni taqqan holda, Anhor kanali, “Mutaxassislar uylari”, Mustaqillik maydoni, knyaz Romanov saroyi, O‘zbekiston tarixi muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri va Lotte mehmonxonasi kabi manzillardan o'tishadi.
Toshkentning ovozlari, haqiqiy hikoyalar va qiziqarli syujet sizga mehmondo‘stlik va tarixiy boylikni his qilishingizga yordam beradi.
Sayr davomiyligi: 100 daqiqa.
Marshrut uzunligi: 3,5 kilometr.
Tillar: oʻzbek, ingliz va rus.
🗓 Immersiv spektakl 31 yanvargacha davom etadi