Kayxusrav, Kavi Xaosrava - Eron mifologiyasida Kayoniylar sulolasiga mansub uchinchi shohdir. "Shohnoma" asariga ko'ra, uning otasi - Siyovush, onasi esa Turon zaminidan, Zahhok qavmindan bo'lgan Farangisdir.
Abu Rayhon Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida shunday yozadi: “Xorazmliklar Xorazmga odamlar joylasha boshlaganidan tarix olar edilar. Bu Iskandardan 980 yil ilgari bo’lgan edi. Undan keyin Siyovush ibn Kaykovusning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning naslining Xorazmga podshohlik qilishlaridan tarix oldilar. Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga ko’chib, turk podshohlari (ustidan) hukmronligini yurgizgan edi. Bu voqea Xorazmga odam joylashishidan 92 yil keyin bo’ldi”.
Kayxusrav (taxminan miloddan avvalgi 1200-1140-yillar) Siyovushiylar sulolasining muhim vakillaridan biri hisoblanadi. Uning davrida Xorazmda sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlangan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan moddiy-madaniy yodgorliklar bu davrda ilm-fan va san'atning yuksak darajada bo'lganini ko'rsatadi.
Qadimgi Xorazmshohlar (Siyovushiylar) Xorazm hududida miloddan avvalgi davrlarda hukmronlik qilgan sulolalardan biridir. Ularning tarixi afsonaviy shaxs Siyovush bilan bog'liq bo'lib, bu sulola Xorazmda uzoq vaqt davomida hukmronlik qilgan.
Tarixiy manbalarda Siyovushning Xorazmga kelishi va uning avlodlari tomonidan bu hududda podshohlik qilishi haqida ma'lumotlar uchraydi.
Siyovushiylar sulolasi davrida Xorazmda yangi shahar va qal'alar barpo etilgan. Bu davrda hunarmandchilik, san'at, ichki va tashqi savdo keng rivoj topgan. Miloddan avvalgi IV-III asrlarda Xorazm iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalib, yirik sug'orish kanallari, yangi shahar va qal'alar barpo etilgan.
Ularning hukmronligi davrida Xorazmda iqtisodiy va madaniy yuksalish kuzatilgan bo'lib, bu hududning keyingi taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatgan.
Shuningdek, Kayxusrav Axomaniylar davlati asoschisi Kir II ning xalq og’zaki ijodida uchraydigan afsonaviy nomi.
#Buyuk_hukmdorlar