“Shohi Zinda” nomli medialoyiha ishga tushirilmoqda

Samarqand shahri Markaziy Osiyodagi muhim sivilizatsiya markazlaridan biri sifatida dunyoga mashhur bo‘lib, uning boy tarixiy merosi har yili minglab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Ushbu qadimiy shaharning yodgorliklarini asrab-avaylash va butun dunyoga tanitish maqsadida “Shohi Zinda” nomli medialoyiha ishga tushirilmoqda. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazining Axborot xizmati maʼlum qildi.

Loyiha doirasida Shohi Zinda meʼmoriy majmuasining batafsil maketi yaratiladi hamda ushbu majmuani virtual shaklda ko‘rish imkonini beruvchi maxsus mediakontent ishlab chiqiladi. Ushbu tashabbus nafaqat majmuaning tarixiy ahamiyatini ochib berishga, balki uning meʼmoriy jihatlari, bezaklari va yozuvlari haqida ham keng maʼlumot taqdim etishga qaratilgan. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, bu yodgorlikning vizual talqini yaratilmoqda, bu esa sayyohlar va tarix-madaniyat muhiblari uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi.


Какие тайны хранит древний комплекс Шахи Зинда, где по легенде обитает  «Живой Царь»

“Shohi Zinda” medialoyihasi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining keng ko‘lamli rejalaridan biri bo‘lib, milliy madaniy merosni kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu loyiha orqali Shohi Zinda majmuasining tarixiy qimmati yana-da yuksaltiriladi va O‘zbekistonning boy madaniy boyliklari dunyo miqyosida targ‘ib qilinadi. Yangi texnologiyalar yordamida amalga oshirilayotgan bu ish Samarqandning dunyo madaniy merosidagi o‘rnini yana-da mustahkamlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish