Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-noyabr kuni temir yo‘l va aviatsiya sohalaridagi davlat korxonalarining transformatsiya jarayonlari bilan tanishdi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari"da 6 ta mustaqil korxona tashkil etildi, 1200 ta yangi yuk vagoni qo‘shildi, ichki yuk tashish muddati ikki barobarga qisqardi. Raqamlashtirish natijasida vagonga buyurtma berish jarayoni 72 soatdan 12 soatgacha tezlashdi.
"Uzbekistan Airways" aviaqatnovlari 25% ga oshdi, ichki reyslar soni 8 taga yetdi. Markaziy Osiyoda ularning ulushi 20% ga yetgan. Yil davomida 6 milliondan ortiq yo‘lovchilarni tashish kutilmoqda.
Prezident iqtisodiyot va turizm rivojlanishi bilan birga transport infrastrukturasini modernizatsiya qilish va raqamlashtirishni jadallashtirishga urg‘u berdi. Shu bilan birga, yangi "Temir yo‘l transporti to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi, bu sohaga investitsiyalar va xususiy kompaniyalarni jalb qilish uchun keng yo‘l ochadi.
#Mirziyoyev #Uzbekistan #aviatsiya